O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov AQShning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha elchisi Rashad Husayn bilan uchrashdi. Elchining ta’kidlashicha, mamlakatda dindorlarning o‘z e’tiqodlarini ifoda etishlari uchun yanada kengroq sharoitlar yaratish radikal qarshi kurashga yordam beradi.
AQSh elchisi Deniyel Rozenblyumning ta’kidlashicha, O‘zbekiston 2016 yildan buyon diniy erkinlikni ta’minlash borasida katta yutuqlarga erishdi, biroq so‘nggi paytlarda «eski davrlarni aks ettiruvchi» holatlar ham kuzatilmoqda. «Orqaga ketmaylik, oldinga ketaylik, yanada bag‘rikengroq jamiyat sari harakat qilaylik», — dedi elchi.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev terrorizm va ekstremizmni din bilan bog‘lash zinhor mumkin emasligini ta’kidladi. «O‘rnashib qolgan stereotiplar va yanglish fikrlarga qarshi kurashish — umumiy vazifamizdir», — dedi u. Senatorning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro terrorizmning tubida irratsional, oldingi davrlardan meros qolgan dunyoqarash yotibdi, ularga qarshi kurash esa ma’naviyat, talim va muloqot evaziga olib borilishi lozim.
AQSH Davlat departamenti O‘zbekistonni diniy erkinliklar bo‘yicha maxsus kuzatuvlar ro‘yxatidan chiqardi. O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda 2018 yildan beri bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting